Innovatsion rivojlanish vazirligi jurnalistlar uchun tanlov eʼlon qildi

12:15 06 Avgust 2020 Jamiyat
395 0

Innovatsion rivojlanish vazirligi eng yaxshi jurnalistik maqolalar boʻyicha “Ilm-fan va taraqqiyot” mavzusida tanlov eʼlon qildi.

- Ilm-fanni targʻib qilish, yoshlarning ilm-fanga qiziqishini oshirish;

- Olimlar, tadqiqotchilarning innovatsion gʻoyalari va ishlanmalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha olib borilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazish;

- Innovatsion rivojlanishda startaplarning oʻrnini yoritish.

Tanlov ishtirokchilari:

Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritadigan davlat va xususiy ommaviy axborot vositalari (bosma ommaviy axborot vositalari, televideniye, radio, Internet nashrlari va boshqalar) vakillari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari:

- Oʻzbekiston Respublikasi “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida” hamda “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunlar, Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyati, respublikada faoliyat yuritayotgan olimlar, startapchilar, yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar, yosh tadqiqotchilarning qoʻlga kiritgan yutuqlari, ularning ilmiy, kasbiy faoliyatlarida roʻy bergan oʻzgarishlar haqida materiallar tayyorlash va ularni 15-avgustdan 15-oktyabrga qadar OAVda eʼlon qilish.

- Eʼlon qilingan materiallarning nusxasini material eʼlon qilgandan soʻng uch kundan kechiktirmay Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot xizmatiga taqdim etish.

Gʻoliblarni taqdirlash:

Eng yaxshi telemateriallar (televideniye)

1-oʻrin – 10 000 000 soʻm

2-oʻrin — 5 000 000 soʻm

3-oʻrin – 2 000 000 soʻm

Eng yaxshi radiomaterial (radio)

1-oʻrin – 10 000 000 soʻm

2-oʻrin — 5 000 000 soʻm

3-oʻrin – 2 000 000 soʻm

Eng yaxshi material (bosma ommaviy axborot vositalari)

1-oʻrin – 10 000 000 soʻm

2-oʻrin — 5 000 000 soʻm

3-oʻrin – 2 000 000 soʻm

Eng yaxshi internet material (internet jurnalistika)

1-oʻrin – 10 000 000 soʻm

2-oʻrin — 5 000 000 soʻm

3-oʻrin – 2 000 000 soʻm

Gʻoliblarni taqdirlash marosimi “InnoWeek-2020” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?