Ingliz futbol klubiga 22 yil deganda yangi murabbiy tayinlandi

18:22 23 May 2018 Sport
518 0
Foto: Arsenal rasmiy tvitteri

Rossiyaning «Spartak», Ispaniyaning «Sevilya» va Fransiyaning «PSJ» futbol klubi sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda ingliz klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Rasmiy saytda shartnomaning shartlari borasida aniq ma’lumotlar berilmagan. Avvalroq, Emerining London klubi bilan shartnomasi uch yilga mo‘ljallangan bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi. 46 yoshli ispaniyalik murabbiyning ish haqi yiliga 5 mln funt sterlingni tashkil qiladi.

Emeri so‘nggi ikki yil davomida «PSJ» bosh murabbiyi sifatida ishladi va klubni joriy mavsum yakunida tark etdi.

«Arsenal» esa 1996 yildan buyon fransiyalik Arsen Venger boshqarib kelayotgandi. Mavsum so‘ngida Venger 22 yillik boshqaruvdan so‘ng jamoani tark etishi haqida e’lon qilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019