«INFOLIB-2020” IX Milliy axborot-kutubxona haftaligi davom etmoqda 

11:19 18 Noyabr 2020 Madaniyat
149 0

Joriy yilning 16 — 20-noyabr kunlari oʻtkazilayotgan “INFOLIB-2020” IX Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Mahmud az-Zamaxshariy nomli Xorazm viloyat axborot-kutubxona markazida ham qator tadbirlar tashkil etildi. 

Onlayn haftalikda shahar va tumanlar axborot-kutubxona markazlari rahbarlari, tilshunos olimlar, madaniyat va sanʼat namoyandalari, kitobxonlar ishtirok etyaptilar. 

Haftalik doirasida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi qoshidagi “Yosh ijodkorlar“ klubi hamda axborot-kutubxona markazlari qoshidagi “Kitobxonlar klubi” aʼzolari bilan hamkorlikda «Koʻngil koʻzini ochquvchi kitob» deb nomlangan onlayn davra suhbati tashkil etildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston milliy kutubxonasi mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan “Oʻzbekistonda nodir fondlar: saqlash, kataloglashtirish va mutaxassislar malakasini oshirish”, Rossiya davlat kutubxonasi bilan hamkorlikdagi “Kutubxonalarda elektron resurslarni masofadan yetkazib berish va kutubxonalararo abonement: muammo va yechimlar” mavzularida mahorat darslarida xorazmlik soha mutaxassislari faol ishtirok etdilar. Haftalik doirasida seminar-treninglar, kitob koʻrgazmalari, taniqli fan, madaniyat va sanʼat namoyandalari bilan ijodiy uchrashuvlar boʻlib oʻtadi.

Odilbek Odamboyev,
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?