I.Neʼmatov: Uch yil oldin “Markaziy Osiyo muammolar, misli koʻrinmagan yechimsiz masalalar markazidir“ deya bashorat qilishardi“

14:17 06 Dekabr 2019 Siyosat
259 0

Oʻzbekiston 3 yilda tashqi siyosatda qanday mamlakatga aylanmoqda?

Oʻzbekiston tashqi siyosatida 3 yil davomida qanday oʻzgarishlar boʻldi?

Oʻzbekistonga qanday investorlar qiziqish bildirmoqda?

Shu va shu singari masalalar bugun Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida tashkil etilgan Xalqaro press-klub sessiyasi kun tartibidan joy olgan.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Parlament, siyosiy partiyalar vakillari shu boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirishyapti, savollarga atroflicha javob qaytarishmoqda. Xalqaro press-klub maʼlumotlari asosida quyida shularning ayrimlari bilan tanishtirib oʻtamiz.

Ilhomjon Neʼmatov, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari:

— Uch yil oldin xorijlik siyosatshunoslar, ekspertlar “Markaziy Osiyo muammolar, misli koʻrinmagan yechimsiz masalalar markazidir. Bir kun kelib bu muammolar oʻzini koʻrsatishni boshlaydi“ - deb bashorat qilishar edi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ushbu lavozimga kelishi bilan bu bashoratlar yoʻqqa chiqdi. Chunki Prezidentimizning qoʻshni mamlakatlar bilan olib borgan siyosatlari natijasida Markaziy Osiyo Mamlakatlari oʻrtasidagi muammolar oʻz yechimini topishni boshladi.

...Markaziy Osiyoda juda koʻp muammolar bor: siyosiy muammolar, iqtisodiy muammolar, gumanitar muammolar, ekologik muammolar...

Markaziy Osiyo Mamlakatlarining Maslahat kengashi shu muammolarga birgalikda yechim izlashga imkoniyat yaratadi.

...Oxirgi 3 yil davomida Oʻzbekiston tashqi siyosatida misli koʻrilmagan yutuqlarga erishdi. Ulardan biri qoʻshnilarimiz bilan chegaradagi muammolar oʻz yechimini topdi. Hozir davlatimizning chegarasi ochiq.

Yana bir muhim, tarixiy voqea - bu Markaziy Osiyoning barcha davlat rahbarlari bilan toʻliq uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Markaziy Osiyoda mavjud muammolar muhokama qilindi va davlat rahbarlari bir yechimga kelishdi.

... Soʻnggi bir yarim yil ichida xorijiy sheriklar bilan umumiy qiymati 31 milliard dollarlik 816 ta loyiha ishlab chiqilib, imzolandi.

Saidrasul SANGINOV, Oʻzbekiston ekologik partiyasi raisi oʻrinbosari:

— Ekologik muammolar davlat chegaralarini bilmaydi. Orol muammosi butun Markaziy Osiyoning muammosi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?