Indoneziyada sunami oqibatida halok boʻlganlar soni 280dan oshdi

10:25 24 Dekabr 2018 Dunyo
259 0

Foto; AFP

Indoneziyaning Zond boʻgʻozida (Yava va Sumatra orollari orasi) yuz bergan sunami oqibatida qurbon boʻlganlar soni 281 nafarga yetdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar tarqatdi.

Manbada qayd qilinishicha, falokat natijasida jabrlanganlar 1016 nafarni tashkil qilmoqda, shuningdek 57 nafar shaxs bedarak yoʻqolgan. Bu raqamlar yana ortishi mumkinligi aytilmoqda.

Maʼlumot uchun, 22 dekabr kechasida mahalliy vaqt bilan 21:27 da sodir boʻlgan sunami yuzlab vayronagarchiliklarni keltirib chiqargandi.

Indoneziya hukumatining dastlabki xulosalariga koʻra, suv ostida joylashgan Anak-Kratau vulqonining harakatga kelishi sunami keltirib chiqargan boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyeq yuz bergan kuchli sunami oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Indoneziya Prezidenti Joko Vidodoga va Indoneziya xalqiga chuqur hamdardlik bildirgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?