Indoneziyada suv toshqinlari: 16 kishi halok boʻldi, yuzlab odamlar evakuatsiya qilindi

13:17 15 Iyul 2020 Dunyo
380 0

Indoneziyadagi tabiiy ofatlar agentligining maʼlum qilishicha, Sulavesi orolida yuz bergan suv toshqinlari va yer koʻchishi oqibatida 16 kishi halok boʻldi va yuzlab odamlar oʻz uylaridan boshqa yerga koʻchishga majbur boʻldi.

«Hozirda Janubiy Sulavesi provinsiyasida joylashgan Shimoliy Luvu tumanida 23 kishini izlashda qidiruv va qutqaruv ishlari davom etmoqda», deya xabar bergan agentlikning matbuot kotibi Raditya Jati.

Ushbu tumandagi qishloqlardan birida olingan suratda vayron boʻlgan uylar va loyga botib qolgan yuk mashinasini koʻrish mumkin. Shuningdek, mahalliy aeroportga olib boruvchi yoʻl ham loy va vayronalarning chiqindisi bilan toʻlgan.

“Men umid qilamanki, biz qayta tiklash ishlarini birdamlik bilan olib boramiz” deydi Janubiy Sulavesi hokimi Nuriddin Abdulla.

Indoneziya yilning yomgʻir koʻp yogʻadigan davrida tez-tez suv toshqinlari va yer koʻchishidan aziyat chekadi. Bu tabiiy ofatlar oʻrmonlardagi daraxtlarning kesilishi tufayli yana-da koʻproq ziyon keltiradi.

Poytaxt Jakartada shu yilning yanvar oyida boʻlib oʻtgan kuchli yomgʻirlardan keyin sodir boʻlgan suv toshqinlari tufayli 66 kishi vafot etgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?