Indoneziyada karantinni buzganlar uchun jazo: “Qoidalarga amal qilmasang virusdan oʻlganlarni koʻmasan"

17:25 02 Iyun 2020 Dunyo
174 0

Indoneziyaning Sharqiy Yava provinsiyasida odamlar ijtimoiy masofalanish qoidasiga amal qilishlari uchun qoʻshimcha choralar koʻrilmoqda. Bu yerda qoidabuzarlarga koronavirusdan oʻlganlarning jasadini koʻmish yoki jamoat joylarini tozalash kabi jazolar qoʻllanilmoqda. Hozirda ushbu provinsiya koronavirus tarqalishi boʻyicha mamlakatda ikkinchi oʻrinda turibdi.

Indoneziya hukumati apreldan boshlab jamoat joylarida niqob taqishni majburiy qilib qoʻygan va hukumatlarga bepul niqoblar tarqatish yuklangandi. Ammo koʻpchilik odamlar bu qoidaga boʻysunmadi. Natijada, provinsiya rahbarlari qoidabuzarlar uchun ogʻir jazolarni qoʻllashni boshladi.

“Cheklovlarni bir martadan koʻp buzganlarni jazolashning yana bir usuli ularni COVID-19 sabab vafot etganlarni koʻmish jarayoniga jalb qilishdir. Bozorlarda niqob taqmagan sotuvchi va xaridorlar uylariga qaytarib yuboriladi”, deydi hukumat vakili Fathul Huda.

Indoneziyada 1-iyun kuni 28 kishi koronavirusdan vafot etdi va yana 467 kishi uni yuqtirib oldi. Bu bilan mamlakatda COVID-19ga chalinganlar 29 940 taga, qurbonlar soni 1641 taga yetdi. Shu kuni Sharqiy Yavada 65 ta yangi holat qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?