Import qilingan dondan olingan unni eksport qilish mumkinmi?

11:06 27 Avgust 2018 Iqtisodiyot
347 0

Vazirlar Mahkamasining “Donni qayta ishlovchi korxonalarni qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga oʻzlari import qilgan donni qayta ishlash orqali ishlab chiqarilgan unni eksport qilishga ruxsat etildi.

2018 yil 1 sentyabrdan donni qayta ishlovchi korxonalarning mahsulotlari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq solinadigan aylanma tushum hajmidan don qiymatini chiqarib tashlab hisoblash tizimi joriy etildi.

Shuningdek, 2019 yil 1 yanvariga qadar donni qayta ishlovchi korxonalar don, un va nonni sotishda davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan ozod etildi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?