Import qilinadigan goʻsht uchun QQS vaqtinchalik bekor qilindi

11:47 17 Iyul 2019 Iqtisodiyot
374 0

Foto: "Xalq so'zi"

Hukumatning 16-iyuldagi 591-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali xabar bermoqda.

Maʼlumki, qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish boʻyicha imtiyoz Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini chakana va ulgurji realizatsiya qilinganda beriladi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, 2019-yil 1-oktyabrgacha boʻlgan muddatda import qilingan goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), shuningdek tirik hayvonlar (qoramol va parranda) hamda ularning soʻyish mahsulotlari ham qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?