Import qilinadigan avtomobillarga 25 foizlik davlat boji joriy etish imkoniyati o‘rganilmoqda

14:47 24 May 2018 Dunyo
770 0
Foto: ABCnews

AQSh import qilinadigan avtomobillar, yuk mashinalari va ehtiyot qismlariga nisbatan davlat boji joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayapti. 

“Bugun savdo vaziri Uilbur Ross bilan uchrashdim va unga avtomobillar, jumladan, yuk mashinalari va ehtiyot qismlari importi Amerika milliy xavfsizligiga qay darajada ta’sir etayotganini tekshirish imkoniyatini ko‘rib chiqish topshirig‘ini berdim”, deyiladi Prezident Donald Trampning yozma bayonotida. 

RIA Novostining yozishicha, unda avtomobil sanoati bu borada asosiy o‘rinda turishi ta’kidlangan.

O‘z navbatida, savdo vazirligi savdoni kengaytirish bo‘yicha 1962 yilda qabul qilingan qonunning 232-moddasi bo‘yicha tekshiruv olib borilishin tasdiqladi. Unga ko‘ra, kongress ijro hokimiyatiga u yoki bu import mahsuloti milliy xavfsizlikka ta’sir etayotgani bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish huquqini beradi.

Shu asnoda mahalliy avtomobillar va ehtiyot qismlari ishlab chiqarilishining qisqartirilishi yangi texnologiyalarga tegishli innovatsiyalar hamda tadqiqotlar kamayishiga olib kelgan-kelmaganligi o‘rganiladi. 

Bundan oldin “Wall Street Journal” nashri Tramp xorijdan sotib olinadigan avtomashinalarga 25 foizlik davlat bojini qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lum qilgandi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?