Imomali Rahmon Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

12:39 18 Avgust 2018 Siyosat
445 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara majmuasiga tashrif buyurdi.

Birinchi Prezidentimiz qabriga gul qo‘yilib, Qur’on tilovat qilindi.

Mazkur majmuaga har kuni yuzlab yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlar ziyoratga keladi. Ular orasida tojikistonliklar ham bor.

Tojikiston Prezidentining Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirishi xalqimizga ehtirom, mehr-oqibat ifodasi bo‘ldi. Imomali Rahmon Islom Karimovning dafn marosimida ham qatnashgan edi.

Mehmonga majmuada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab berildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?