Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Anqara universiteti bilan hamkorlik qiladi

11:15 09 Oktyabr 2020 Jamiyat
153 0

Hamkorlikka doir anglashuv memorandumini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov va Anqara ijtimoiy-gumanitar fanlar universiteti islomshunoslik fakulteti dekani professor, doktor Ali Usmon Kurt imzoladi.

Kelishuvga koʻra, endilikda har ikki mamlakat ilmiy muassasalari hadis ilmining rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk vatandoshimiz Imom Buxoriy va boshqa mutafakkirlarning boy maʼnaviy merosini oʻrganish, ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bagʻishlangan konferensiya, seminar, koʻrgazma va treninglar tashkil etish, ikki muassasa xodimlarining oʻzaro tajriba almashishi va malaka oshirishi va nashr ishlari uchun keng sharoitlar yaratish boʻyicha hamkorlik qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?