Imkoniyatini oʻrganish maqsadida sinov edi - Toshkent shahar IIBB “Qanotchi”ning ishga tushganiga munosabat bildirdi

12:02 11 May 2020 Jamiyat
483 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qanotchi” restorani ishga tushgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlarga Toshkent shahar IIBB oʻz munosabatini bildirdi.

Ta'kidlanishicha, epidemiologik holat barqaror boʻlgan tumanlarda tegishli sanitariya meʼyorlarini oʻrnatgan holda maishiy doʻkonlar, tibbiy diagnostika xizmatlari, taksi, tikuvchilik, maishiy texnika va oyoq kiyim taʼmirlash, sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat berilgan. Shu bilan birga konsert, teatr, kinoteatr, muzey, sport tadbirlari, marosimlarni oʻtkazmaslik boʻyicha cheklovlar saqlanib qolinadi.

Shu munosabat bilan “Qanotchi” restoranida umumiy ovqatlanish joylarining sanitariya-epidemiologiya meʼyorlariga rioya qilgan holda ishlash imkoniyatini oʻrganish maqsadida sinov oʻtkazildi. SEX xizmatlari ishchilari bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan sinov haqida Toshkent shahar IIBB xabardor qilingan edi.

“Umumiy ovqatlanish joyi dezinfeksiya moslamasi, mijozlar stollarini ajratib turuvchi himoya ekranlari bilan jihozlanib, SEOM bosh shifokori M. Qutratxodjayevaning sharhida qayd etilganidek, “...ishlab chiqilgan xavfsizlik choralari rejasiga rioya qilayotgan edi”.

Sinov natijalari Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan maʼlum qilinib, umumiy ovqatlanish joylari faoliyatini tiklash masalasi oʻrganiladi va uzil-kesil qaror qabul qilinadi.

Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Sizning intizomingiz va sabringiz tufayli koronavirus infeksiyasini toʻxtatib turish uddalanmoqda. Ammo hali tahdid toʻliq bartaraf etilgani yoʻq, Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasi karantin meʼyorlarini toʻliq bekor qilish boʻyicha qaror qabul qilmaguncha biz xavfsizlik masalalariga masʼuliyat bilan qarashda, karantin qoidalariga rioya qilishda davom etishimiz zarur”, deyiladi munosabatda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?