“Imkoniyatim cheklanganligi hunarmandchilik ishlarimda xalaqit bermaydi”

17:12 12 Sentyabr 2019 Jamiyat
72 0

Foto: Xursandbek Arabboyev

Ayni kunlarda Qoʻqon shahrida oʻtkazilayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivalida jizzaxlik 35 nafar hunarmand ham 12 yoʻnalish boʻyicha muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

GʻallaorollikBarnoxon Nazrullayeva oʻz imkoniyatlari cheklanganidan nolimaydi. Guldek qoʻllari, tezkor barmoqlari, tiniq va teran zakovat va nozik did egasi ekanligiga shukur qiladi,faxrlanadi.

-Xunarmandchilikning tasviriy sanʼat, biserli bezak buyumlar tayyorlash yoʻnalishiga kirib kelganimga 10 yil boʻldi. Bu hunarim orqali keng jamoatchilik orasida oʻzimni erkin,barcha qatori his etaman. Xalqimga shu ishlarim bilan foydam tegayotganidan koʻnglim koʻtariladi. Hozirda Xoʻjakatput qishlogʻimizdagi 17- umumtaʼlim maktabida ustoz-shogird anʼanalari asosida toʻgarak ochganman. 20 nafar oʻquvchilarim va oʻnlab shogirdlarim bor.

Ayni paytda faqat biserli ishlar bilan cheklanib qolganim yoʻq. Tasviriy sanʼat sohasida portret, miniatyura chizaman. Va shu asarimga biserli ishlar qilaman. Bugungacha 110 dan ortiq xildagi sanʼat asari namunalarimni yaratdim. Umidim va hayotdagi orzuyim Toshkent shahridagi badiiy akademiyada oʻz koʻrgazma ishlarimni tashkil qilish.

Elyorjon Ehsonov,

“Xalq soʻzi” muxbiri.

Xursandbek Arabboyev olgan suratlar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?