Imkoni boʻla turib, qarzini toʻlashni xohlamayotgan tadbirkor qaysidir mansabdorga suyanyapti...mi?

08:38 12 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
221 0

Samarqand shahridagi «Sam prestij agro Servis» tovuqchilik fermasining bugungi kunda elektr energiyasidan 128 million soʻm qarzdorligi mavjud. Joriy yilning fevral oyida qarzdorlikni toʻlash masalasida unga murojaat qilingan. Ammo u ayni paytda toʻlay olmasligini aytib, biroz vaqt berishlarini soʻragan.

Karantin yumshatilgandan soʻng qarzini toʻlashni soʻrab borgan soha xodimlariga imkoni boʻlsa ham toʻlamasligini maʼlum qilgan. Shundan soʻng elektr taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan dalolatnoma tuzilgan va elektr taʼminotidan uzib qoʻyilgan.

“Samarqand HETK” AJ axborot xizmatining xabar berishicha, tadbirkor foydalanayotgan bino qaysidir mansabdorniki boʻlib, tadbirkor uni ijaraga olib, ishlatmoqda. Qarzdorlikni toʻlamasligining sababi ham oʻsha mansabdorning qoʻllab-quvvatlashiga bogʻliqligi aytilyapti.

Bu kabi “tadbirkorlar”ning oʻzboshimchaligi sabab Samarqand viloyatining elektr energiyasidan qarzi 639 milliard soʻmga yetgan, deyiladi xabarda.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?