“Iltimos, biroz toʻxtang, yoʻldan oʻtib olay” (Foto)

11:06 21 Noyabr 2018 Jamiyat
1192 0

Foto: Ahmadali Shernazarov/“Xalq soʻzi Online”

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Guliston shahridagi yoʻllarning piyodalar kesib oʻtadigan yoʻlaklari oldiga qoʻyilgan maktab oʻquvchilarining maket-rasmlaridagi nigohdan ana shunday soʻzlarni ilgʻash mumkin.

Foto: Ahmadali Shernazarov/“Xalq soʻzi Online”

Binobarin, mazkur yoʻl belgilari haydovchining hushyorligini oshirishi barobarida, beixtiyor hammamiz uchun hayotdagi eng bebaho baxtimiz, quvonchimiz - bolalarimizning sogʻ-salomatligini asrashga birdek masʼul ekanligimizni eslatadi.

Foto: Ahmadali Shernazarov/“Xalq soʻzi Online”

“Hozirgacha Guliston shahri, Guliston, Boyovut, Sardoba tumanlaridagi yoʻllarning 29 ta piyodalar yoʻlaklariga ana shunday belgilar qoʻydik. Yil oxirigacha ularni viloyatimizning barcha hududidagi piyodalar koʻp harakatlanadigan, maktab va boshqa oʻquv muassasalariga oʻtish joylariga ham oʻrnatamiz. Shuningdek, sensorli, yaʼni piyoda oʻtish yoʻlagiga kirganda qizil hamda aksincha holda yashil yonadigan svetoforlar oʻrnatish boʻyicha ham tayyorgarlik ishlarini olib boryapmiz”, - deydi Sirdaryo viloyati yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi katta inspektori, kapitan Mirjalol Ermatov.

Foto: Ahmadali Shernazarov/“Xalq soʻzi Online”

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?