Ilon Mask ilk bor dunyodagi eng boy odamlar oʻntaligiga kirdi

14:10 18 Iyul 2020 Dunyo
456 0

Forbes jurnaliga koʻra, Tesla va SpaceX kompaniyalarini boshqaradigan amerikalik biznesmen Ilon Mask ilk bor sayyoramizdagi eng boy odamlar oʻntaligiga kirdi.

Maskning hozirgi boyligi 70,8 milliard dollarga baholanmoqda. Forbes vakillarining taʼkidlashicha, uning boyligining oʻsishi asosan Tesla aksiyalari narxlarining keskin koʻtarilishi bilan bogʻliq. NASDAQ elektron birjasi veb-saytiga koʻra, mart oyining oʻrtalarida kompaniyaning bitta aksiyasining narxi 400 dollardan oshmagan, chorshanba kuni oʻtkazilgan savdo yakunida esa kompaniyaning bitta aksiyasi narxi 1541 dollardan ham yuqori boʻlgan.

Hozirda Forbes talqini boʻyicha Mask sayyoraning eng boy odamlari roʻyxatida sakkizinchi oʻrinni egalladi. Toʻqqizinchi oʻrinni 68,5 milliard dollarga ega hindistonlik Reliance Industries xoldingi rahbari Mukesh Ambani band etgan va “kuchli oʻnlik”ni Google kompaniyasi asoschilaridan biri Larri Peyj (67,7 milliard dollar) yakunlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?