Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari uchligiga kirdi

14:16 21 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
275 0

“Tesla” hamda “Space X” asoschisi Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari reytingida uchinchi oʻringa chiqdi.

Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, chorshanba kuni “Tesla” aksiyalarining 10 foizga koʻtarilishi, Maskning boyligini 10,2 milliard dollarga oshirgan. Hozirgi kunda tadbirkorning boyligi 120 milliard dollarga baholamoqda.

“Facebook” rahbari Mark Sukerberg 103 milliard dollar bilan toʻrtinchi, “LVMH” fransuz kompaniyalari guruhi bosh direktori Bernard Arno esa 103 milliard dollar bilan beshinchi oʻrinda qayd etilgan.

“Bloomberg” xabariga koʻra, ayni paytda 49 yoshli Ilon Mask amerikalik ikki ishbilarmondan ortda qolmoqda.

Reytingda ikkinchi oʻrinni “Microsoft” asoschilaridan biri Bill Geyts (128 milliard dollar) egallagan boʻlsa, “Amazon” bosh direktori Jeff Bezos ketma-ket uchinchi yil davomida Yer yuzidagi eng boy odam boʻlib qolmoqda. Uning boyligi bugungi kunda 183 milliard dollarga baholanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?