Ilmiy-amaliy seminarda Tojikiston maqom akademiyasi rahbari Dushanbedan onlayn ishtirok etdi

12:14 26 Aprel 2019 Jamiyat
248 0

Tadbirni Oʻzbekiston madaniyat vaziri birinchi oʻrinbosari Ozodbek Nazarbekov ochib berdi.

Seminarda Konservatoriya professor oʻqituvchilari tomonidan viloyatlarda tashkil etilgan ansambllar, ulardagi ijrochilar xususida, undagi yutuq va kamchiliklar toʻgʻrisida soʻz yuritdi.

Anjuman davomida Tojikiston xalq artisti, Tojikiston maqom akademiyasi rahbari Abduvali Abdurashidov Dushanbedan turib onlayn suhbatlashdi:

- Maqom sanʼati qotib qolgan sanʼat emas. U hamisha rivojlanib boradi. Men Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida tahsil olib, Tojikistonga qaytib, ustozlardan olgan bilimlarim asosida tojik maqom sanʼatini rivojlantirish yoʻlida xizmat qildim. Maqom ansambli haqida soʻz borar ekan, unda hamma jihat: ritm, kompozitsiya, dramaturgiya, ijro - barchasi uygʻun va professional boʻlishi kerak. Bittasi oqsasa ham asar mukammal kuylanmaydi. Bu borada yoshlarga saboq berish bizning vazifamiz hisoblanadi.

Tadbirda shu kabi onlayn seminar yil mobaynida yana uch marta oʻtkazilishi taʼkidlab oʻtildi, yaʼni may oyida Buxoroda, oktyabr oyida Fargʻonada va noyabr oyida Xorazmda ilmiy-amaliy onlayn seminar oʻtkaziladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?