“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili“ Davlat dasturining Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari

22:15 10 Mart 2020 Siyosat
703 0

“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili“ Davlat dasturning Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga oid qismi 15 ta boʻlim va 96 bandni oʻz ichiga oladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi, parlament qoʻshma majlisi va tashkiliy yigʻilishlarida belgilangan ustuvor vazifalar asosida “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturi ishlab chiqildi va qabul qilindi.

Davlat dasturi umumiy qiymati 18,2 trln soʻm va 10,3 mlrd AQSH dollariga teng loyihalarni qamrab oladi. 

Shulardan:

Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli fondlar hisobidan – 12.9 trln. soʻm

Ijrochilar va banklar hisobidan – 2 trln. soʻm

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari va grantlar hisobidan – 3.3 trln soʻm va 10.3 mlrd AQSH dollar.

Dasturni iqtisodga oid qismi 15 ta boʻlim va 103 bandni oʻz ichiga oladi. 

Narx-navo doimiy nazoratda boʻladi:

3.1 Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va narx-navoning barqarorligini va inflyatsiya darajasi prognoz koʻrsatkichlaridan oshmasligini taʼminlash.

  • - inflyatsion targetlash tizimiga oʻtish, ekonometrik modellashtirish instrumentlarini keng qoʻllash, makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish tizimi (forecasting and policy analysis)ni toʻliq tatbiq etish orqali iqtisodiy oʻsish va inflyatsiya muvozanatini taʼminlash, tashqi xavf-xatarlarni, pul-kredit va makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻzaro bogʻliqligini tizimli baholash nazarda tutiladi.

Xalq puli toʻgʻri sarflanadi:

3.2. Moliya tizimini isloh qilish, byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish tizimini yana-da takomillashtirish, qoʻshimcha imkoniyat va manbalar hisobidan byudjet defitsitini kamaytirish.

  • - Ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yoʻnaltirilgan markazlashgan investitsiyalar samaradorligini oshirish, davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (public investment management assessment) tizimini joriy etiladi.

Yashirin iqtisodiyot hajmi kamayadi:

3.3. Soliq islohotlarini amaliyotga samarali joriy etish, soliq maʼmuriyatchiligini shaffof yoʻlga qoʻyish, soliq yukini kamaytirish hamda soddalashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish.

  • - Jahon banki oʻtkazgan savolnomada 15% tadbirkorlar yashirin iqtisodiyot tomonidan raqobat faoliyatlaridagi eng asosiy toʻsiqlardan biri degan.
  • - Xorijiy mutaxassislar ishtirokida “yashirin iqtisodiyot”ning vujudga kelish omillarini tahlil qilish va unga qarshi kurashish dasturini tasdiqlash nazarda tutilgan.

Energiya sarfini kamaytirishga chaqiruv (Call for action):

3.4. Iqtisodiyot tarkibini yana-da diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish, birinchi navbatda, mahalliy mineral xom ashyoni chuqur qayta ishlash boʻyicha ilgʻor texnologiyalarni joriy etish orqali yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarni oʻzlashtirish, ishlab chiqarish tannarxini va energiya sarfini kamaytirish.

  • - Energetika vazirligi tizimidagi tashkilotlarda nazorat va maʼlumotlar yigʻish tizimini (supervisory control and data acquisition), energiya menejmenti tizimini (energy management systems) hamda boshqa turdagi axborot texnologiyalarini joriy etish va modernizatsiya qilish nazarda tutilgan.

Infrasturktura yaratiladi:

3.6. Hududlarni kompleks rivojlantirish, mustahkam va barqaror zamonaviy ishlab chiqarish hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish.

  • - infratuzilmasini rivojlantirish, bunga respublika va mahalliy byudjetlarning prognozdan yuqori tushumlarining yarmini yoʻnaltirish;
  • - 2020-2022-yillarda markazlashgan manbalar hisobidan
    • o yoʻl qurilishiga 2,8 trln soʻm,
    • o suv tarmoqlariga — 2,7 trln soʻm,
    • o elektr tarmoqlariga — 18,2 trln soʻm,
    • o tabiiy gaz taʼminotiga — 1,2 trln soʻm mablagʻ ajratish.

Har qaysi tarmoq ishiga baho berish osonlashadi:

3.7. Hisobga olish va statistika tizimini takomillashtirish.

  • - 2020-yilda “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqiladi, unda milliy statistika tizimini tashkil etish, statistika maʼlumotlarini ishlab chiqarish, ulardan foydalanish va eʼlon qilish talablarini oʻrnatish aniq qilib belgilanadi.

     

Kichik biznesga eʼtibor yana-da kuchayadi:

3.8. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini yana-da rivojlantirishni taʼminlaydigan ishbilarmonlik muhitini yaratish.

  • - “Kichik va oʻrta biznes toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi;
  • - monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Oliy Majlisga hisobdorligini oshiriladi hamda yilda kamida ikki marta qoʻmitaning hisobotini eshitish amaliyotini joriy qilinadi;
  • - subsidiyalar, preferensiyalar va imtiyozli kreditlar berish amaliyotini qayta koʻrib chiqish, normativ-huquqiy hujjatlarni faqat Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi xulosasini olgan holda kiritish amaliyotini joriy qilinadi;
  • - tadbirkorlar uchun yer uchastkalariga oid maʼlumotlarni ochiq va haqqoniy yetkazish tizimini takomillashtiriladi.

    Bank zamonaviylashadi, ish onlayn ravishda bitadi:

    3.9. Bank tizimini isloh qilishni davom ettirish, aholi va xoʻjalik subyektlariga koʻrsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish,tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash hamda zamonaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish.
    • - bank tizimida inson omilini cheklagan holda raqamli texnologiyalar keng qoʻllaniladi;
    • - “kredit tarixi” axborot tizimini toʻliq ishga tushiriladi;
    • - Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida “loyihalar fabrikasi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun yoʻnalishlar kesimida biznes loyihalar bazasini shakllantiriladi.

    Yoʻllar sifati oshadi, tirbandlik kamayadi, vaqt va mashina taʼmir puli tejaladi:

    3.10 Yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish sohasida ishlar sifatini oshirish, transport oqimini boshqarishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, transport infratuzilma obyektlarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishda eskirgan normalarni qayta koʻrib chiqish.
    • - Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilgacha avtomobil yoʻllarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqiladi. Mavjud yoʻl infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida transport oqimlarini boshqarishning zamonaviy tizimlarini qoʻllaniladi;
    • - 5,5 ming km uzunlikdagi avtomobil yoʻllari holatini yaxshilanadi;
    • - 600 ta yangi avtobuslar sotib olinadi.

    Xorijiy investitsiyalar yana-da oshadi:

    3.11. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda investitsiya muhitini yana-da yaxshilash, xorijiy investorlarni qoʻllab-quvvatlash va huquqiy himoya qilish
    • - 2020–2022-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida loyihalarning tarmoq jadvallarini tasdiqlash, loyiha– smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari;
    • - barcha manbalar hisobidan 23 mlrd AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalarni oʻzlashtirish hamda 206 ta yangi yirik quvvatlarni ishga tushirish;

    Eksport qiluvchilar qoʻllab-quvvatlanadi:

    3.12. Yangi bozorlarni oʻzlashtirish, mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishda eksportyor korxonalarni qoʻllab-quvvatlash choralari va mexanizmlarini kengaytirish orqali hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini yana-da oshirish;
    • - Jahon savdo tashkiloti bilan muloqotlar faollashtiriladi va bu boʻyicha 2020-yilga moʻljallangan “yoʻl xarita”si tasdiqlanadi;
    • - Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikning milliy iqtisodiyotga taʼsiri koʻrib chiqiladi, qisqa, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda milliy iqtisodiyot rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi, har bir iqtisodiyot tarmogʻiga taʼsiri baholanadi.

    Paxtaga davlat buyurtmasi bekor qilinadi:

    3.13. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, intensiv texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni keng joriy qilish, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, klaster tizimini va barcha yoʻnalishlarda qishloq xoʻjalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni yana-da rivojlantirish yoʻnalishlarida qishloq xoʻjaligi sohasini isloh qilish
    • - Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan soha korxonalariga koʻrsatma berish, resurslarni taqsimlash, reja belgilash kabi eski ish usullaridan mutlaqo voz kechiladi. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tuzilmasining vakolat va faoliyat yoʻnalishlarini xalqaro funksional baholash (Management Functional Assessment Model – MFAM) mezonlari asosida qayta koʻrib chiqiladi;
    • - 2020-yilda 44 ming gektarda yoki oʻtgan yilga nisbatan qariyb 4 barobar koʻp maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etiladi.

    IT sogʻlik va taʼlimda qoʻllaniladi:

    3.14. “Raqamli iqtisodiyot”ni jadal rivojlantirish, inson faoliyatining barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, jumladan, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalariga, iqtisodiyotning real sektorida ishlab chiqarish va boshqarish tizimlarini avtomatlashtirish, axborot tizimining yaxlitligi va barqaror faoliyatini hamda axborot xavfsizligini taʼminlash.
    • - Telekommunikatsiya infratuzilmasini yana-da rivojlantiriladi;
    • - yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalar tezkor Internet bilan taʼminlanadi;
    • - Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida texnopark tashkil etiladi.

    Davlat roli iqtisodiyotda qisqartiriladi, boʻsh binolar beriladi:

    3.15. Davlat boshqaruvining zamonaviy usullarini, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qoʻllash koʻlamini kengaytirish, boʻsh turgan yer maydonlari, bino va inshootlardan samarali foydalanishni jadallashtirish.
    • - Rieltorlik faoliyati takomillashtiriladi. Barcha sotilayotgan koʻchmas mulk obyektlari haqidagi ishonchli axborotni real vaqt rejimida olish, ularning bozor narxini oshkora va shaffof shakllantirish imkonini beradigan koʻchmas mulk bozorining yagona elektron platformasi tashkil etiladi.
    • - Davlat ishtirokidagi korxonalarning raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi mavjud eksklyuziv huquqlarini qisqartiriladi.

      Манба: review.uz

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?