Ilk bor Olimpiya mashʼalasi estafetasini ayol kishi boshlab beradi

17:05 09 Fevral 2020 Dunyo
177 0

Foto: www.google.com

 

Pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha Olimpiya chempioni, gretsiyalik Anna Korakaki 2020-yilgi Olimpiya oʻyinlari mashʼalasi estafetasini boshlab beradi. Korakaki Olimpiya mashʼalasi estafetasini boshlab beradigan tarixdagi ilk ayol boʻladi.

Korakaki 2016-yilgi Olimpiadada pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha musobaqalarda oltin va bronza medallarini qoʻlga kiritgan.

Olimpiya mashʼalasini yoqish marosimi Gretsiyaning Olimpiya shahrida 12-martda boʻlib oʻtadi. Soʻngra mashʼala Gretsiya boʻylab 2 hafta olib yurilgach, maxsus reys bilan Yaponiyaga yetkaziladi.

121 kun davomida estafeta Yaponiyaning 47 ta prefekturasi orqali oʻtib, 24-iyulda Tokioda yozgi Olimpiya oʻyinlari ochilishi vaqtida yakunlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?