Ilk bor Oyning toʻliq xaritasi yaratildi

17:30 25 Aprel 2020 Dunyo
366 0

NASA, AQSH Geologiya xizmati hamda Oy va sayyoralar instituti olimlar guruhi Oyning birinchi toʻliq geologik xaritasini tuzishdi.

“Science Alert” xabariga koʻra, xarita yoʻldoshning butun yuzasini qamrab oladi.

Apollon missiyasi aʼzolari tomonidan toʻplangan maʼlumotlardan, shuningdek, keyinchalik sunʼiy yoʻldoshdan olingan tasvirlardan foydalangan olimlar xarita kelgusi oy missiyalari uchun foydali boʻlishini taʼkidlashmoqda.

Qayd etilishicha, maʼlumotlarni bir-biriga ulash uchun maxsus kompyuter dasturi yordam bergan.

Xaritaning masshtabi 1:5000000 boʻlib, olimlar nafaqat eski va yangi maʼlumotlarni yigʻishgan, balki togʻ jinslarning nomlari, ularning tavsifi va yoshini ham standartlashtirishgan (ushbu tafsilotlar ilgari xaritadan xaritaga oʻzgarib turgan).

Xaritada Oyning kraterlari, tizmalari, yoriqlari va boshqa nosimmetrikliklar joylashgan nuqtalarni koʻrsatib oʻtgan mutaxassislar endilikda yana-da aniqroq Oy globusini yaratishni rejalashtirishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?