Ilhom NEʼMATOV: “Toshkent vaqti bilan 13:00 da Oʻzbekistonning Londondagi saylov uchastkasi ochiladi”

13:03 22 Dekabr 2019 Siyosat
111 0

Bugun 22-dekabr kuni Oʻzbekistonning xorijdagi barcha saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari mahalliy vaqt bilan 08:00 dan 20:00 gacha tashkil etiladi.

Toshkent vaqti bilan 12:00 holatiga, yana 25 davlatdagi 37 ta saylov uchastkalarida ovoz berish boshlandi.

Toshkent vaqti bilan 13:00 da Oʻzbekistonning Londondagi saylov uchastkasi ochiladi.

Eng soʻnggi saylov uchastkalari Amerikaning Vashington va Nyu-York shaharlarida Toshkent vaqti bilan 18:00 da ochilishi kutilmoqda. 10 soat orqada. Yaʼni vaqtlar farqini inobatga olganda, Oʻzbekiston parlamenti nomzodlariga ovoz berish Rossiyaning Vladivostok shahrida boshlanib, Amerikaning Vashington va Nyu-York shaharlarida yakunlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?