Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari: “30-martga qadar Oʻzbekistonga olib kelinmagan fuqarolarimizdan bizni tushunishlarini iltimos qilgan boʻlar edik”

14:23 08 Aprel 2020 Jamiyat
234 0

Bugun XPKning navbatdagi sessiyasida Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

Unda “Pandemiyaga qarshi kurashga jahon hamjamiyati birlasha oladimi?”,“Oʻzbekistonning COVID-19 qarshi kurash borasidagi ishlarini jahon hamjamiyati qanday baholamoqda?” kabi savollar boʻyicha muhokama qilindi.

— Bugungi kunda har bir davlat, salohiyati, imkoniyatlari va iqtisodiy rivojlanishidan qatʼiy nazar pandemiya oldida juda ogʻir vaziyatga tushib qoldi, — dedi vazir oʻrinbosari.

“Oʻzbekistonning pandemiyaga qarshi kurashi fevral oyida boshlangan edi. Oʻzbekiston hukumati koʻplab davlatlardan oʻz fuqarolarini olib keldi. Jumladan, Qozogʻistondan 7 mingga yaqin fuqarolarimiz olib kelingan. Xitoy Xalq Respublikasidan 3,5 ming va Turkiyadan mingdan ortiq fuqarolarimiz olib kelingan.

… Yaqin kunlarda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga azo turk dunyosi mamlakatlari rahbarlarining Pandemiya masalalariga bagʻishlangan onlayn suhbati boʻlishi kutilmoqda.

...30-martga qadar Oʻzbekistonga olib kelinmagan fuqarolarimizdan bizni tushunishlarini iltimos qilgan boʻlar edik.

... Xabaringiz bor, joriy yil Oʻzbekiston ilk marotaba MDHga raislik qilmoqda. Pandemiya sababli raislik borasidagi rejalarimiz hech qanday ziyon koʻrmayapti. Onlayn rejimda ishlamoqdamiz, ayrim tadbirlarni onlayn amalga oshirmoqdamiz. Agar tinchlik boʻladigan boʻlsa, 26-oktyabrda boʻlishi rejalashtirilgan uchrashuvda 11 ta hujjat MDHga aʼzo davlat rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi”, deya qoʻshimcha qildi I.Neʼmatov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?