Ildizidan hosiligacha foyda

14:38 04 Avgust 2020 Iqtisodiyot
193 0

Davlatimiz rahbarining Andijon viloyatiga tashrifi davomida hududda soya yetishtirish borasida Andijon tajribasini yaratish tashabbusi olgʻa surildi. Natijada 10 gektar maydondagi gʻoʻza qator oralariga va ekindan boʻshagan 4,5 gektar maydonga Rossiya hamda Serbiya urugʻchiligiga mansub soya oʻsimligi ekildi.

— Soya urugʻi chigit qadalgandan 45-50 kun oʻtgach tuproqqa tashlandi, —deydi qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor Dilorom Yormatova. — Bu bizni biroz tashvishga solgandi. Boisi, koʻchat parvarishdan kechikishi mumkin edi. Biroq agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va oʻrnida olib borilishi natijasida hammasi rejadagidek davom etyapti. Ayni paytda koʻchatlar gullab, dukkak hosil qildi. Nasib boʻlsa, 15 kunda hosil pishadi. Kelasi yildan boshlab soya urugʻi chigit bilan bir paytda ekiladi. Shunda hosil unumdorligi yana-da ortadi.

Soya oʻsimligining qishloq xoʻjaligidagi afzallik jihatlaridan biri shuki, gektariga 20-30 kilogrammdan urugʻ ekilib, azot toʻplash xususiyati tufayli tuproq unumdorligini oshiradi. Oʻsimlikda 140, poyasida esa 52 ozuqa birligi mavjud. Poyasidan nafaqat, chorvachilikda, balki oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda ham foydalanish mumkin.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?