Ikki tonna kokain ushlandi

17:30 03 Avgust 2018 Dunyo
852 0
Foto: delavill.com

Kosta-Rika chegarachilari tomonidan mamlakat sohillaridan 150 km. uzoqlikdagi Tinch okeani suvlarida qariyb ikki tonna kokainni olib ketayotgan kema ushlandi. Bu haqda La Nation nashri xabar berdi.

Narkotik moddalar bilan to‘ldirilgan qayiq haqidagi ma’lumot sohil qo‘riqchilariga AQSH hokimiyati vakillaridan kelib tushgan. Amaliyot chog‘ida kemadan har biriga 1 kg.dan kokain yashiringan tugunlar topilgan.

Jinoyatchilar suvga kam botadigan qayiqdan foydalanishgan. Bunday vositani radar qurilmalari orqali topish qiyin. Uch nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan Kolumbiya fuqarolari qo‘lga olingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?