Ikki tilda so’zlovchi bir xalq do’stligi ramzi
Samarqandda Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog’ida o’zbek hamda tojik xalqlarining ikki buyuk shoiri — Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy sharafiga o’rnatilgan yodgorlikning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Tadbirda ishtirok etganlar o’zbek hamda tojik xalqlari asrlar davomida bir-biri bilan quda-anda bo’lib hayot kechirishganini, urf-odatlari, yashash tarzi o’xshashligi uchun “ikki tilda so’zlovchi bir xalq”, deya e’tirof etilganini ta’kidlashdi.
Binobarin, bugungi kunda mamlakatimizning tashqi siyosatidagi islohotlar, avvalo, qo’shni davlatlar bilan munosabatlarni yanada yaxshilash borasidagi sa’y-harakatlar O’zbekiston va Tojikiston o’rtasidagi do’stona aloqalarni yangi bosqichga ko’tarmoqda.
Aytish kerakki, o’tgan asrning oltmishinchi yillarida qizil granit toshdan yasalgan ushbu haykal ilgari Samarqand shahridagi sobiq “Afrosiyob” mehmonxonasi yonida, ko’rimsiz joyda edi. Keyinchalik haykal bu erdan ko’chirildi.
Samarqandlik ziyolilar hamda keng jamoatchilik taklifi inobatga olinib, mazkur monument uchun Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog’i tanlandi hamda nihoyatda qisqa muddat ichida ushbu maskan obod qilinib, muhtasham haykal o’rnatildi.
Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyning insonparvarlik hamda bag’rikenglik g’oyalari tarannum etilgan asarlari xalqlarimiz azaliy do’stligining tarixiy -ko’zgusidir. Dunyo tsivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo’shgan bu ikki buyuk mutafakkir haykallarining aynan Samarqandda o’rnatilishida ham katta ma’no mujassam. O’zbek va -tojik xalqlarining ulug’ farzandlari o’z davrida ilm-fan cho’qqilarini aynan ushbu tarixiy shaharda egallashgan.
— Davlatimiz rahbarining Tojikistonga amalga oshiradigan davlat tashrifi oldidan bu yodgorlikning ochilishi xalqlarimiz do’stligining ramzi sifatida tarixiy ahamiyatga egadir, — deydi Samarqand davlat universiteti professori Dilorom Salohiy. — Ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlar bundan keyin yangi bosqichda -rivojlanib borishiga ishonchimiz komil.
Tadbirda viloyat hokimligi vakillari, adabiyot hamda san’at namoyandalari, keng jamoatchilik qatnashdi.
R. ABDURAHMONOV.
Ko‘p o‘qilganlar
- Uzoq tanaffusdan soʻng Ismoil Joʻrabekovdan eksklyuziv intervyu
- Oʻzbekistonlik mashhur bokschi qonidan doping topilgan
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- GM Uzbekistan nomi oʻzgaradi
- Oʻzbekistonda Captiva oʻrniga ikki turdagi yangi avtomobillar ishlab chiqariladi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: