Ikki mahalliy va ikki xorij universiteti hamkorligidagi qoʻshma taʼlim dasturiga hujjat topshirish davom etmoqda

11:04 07 Avgust 2019 Jamiyat
592 0

Bu haqda Edu.uz xabar berdi.

Xususan, Toshkent davlat agrar universiteti va AQSHning Missisipi shtati universiteti hamkorligidagi qoʻshma taʼlim dasturiga asosan 2019/2020 oʻquv yili uchun magistraturaning quyidagi mutaxassisliklariga hujjatlar qabul qilinmoqda:

- Agrobiznes va investitsion faoliyat;

- Baliqchilik.

Hujjatlar 2019-yilning 10-avgustiga qadar qabul qilinadi.

Telefonlar: (21) 260-50-57, (71) 260-43-15

Shuningdek, Jizzax davlat pedagogika instituti va Baranovichi davlat universiteti (Belarus) bilan qoʻshma taʼlim dasturiga asosan 2019/2020 oʻquv yili uchun bakalavriatning quyidagi taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinmoqda:

- Amaliy psixologiya (30 ta);

- Maktabgacha taʼlim (30 ta).

Hujjatlar 2019-yilning 10-avgustiga qadar qabul qilinadi.

Nomzodlar fuqarolik pasporti va umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatlarning (ilovasi bilan) asl nusxasini taqdim etishadi.

Qoʻshma taʼlim dasturida (2+2) oʻquv jarayonlari rus tilida, toʻlov-kontrakt asosida olib boriladi. Talabalar 1- va 2-bosqichlarda Jizzax davlat pedagogika institutida, 3- va 4-bosqichlarda Baranovichi davlat universitetida oʻqishi koʻzda tutilgan.

Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga ikki tomonlama diplom beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?