Ikki yilda 4,5 ming nafar harbiy xizmatchi oilalarining yashash sharoitlari yaxshilandi

17:59 11 Yanvar 2019 Jamiyat
529 0

Foto: Mudofaa vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizovning maʼlum qilishicha, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash masalasiga davlatimiz rahbariyati tomonidan katta eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, 2017 yilda 56 ta uy ipoteka krediti asosida, 20 tasi xizmat uylari sifatida harbiy xizmatchilarga topshirildi.

2018 yilda esa 74 ta uy ipoteka krediti asosida, 21 tasi xizmat uylari sifatida qurib bitkazilgan. Qisqacha aytganda, ikki yilda 4,5 ming nafar harbiy xizmatchi oilalarining yashash sharoitlari yaxshilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun respublika oliy taʼlim yurtlariga 5 foizlik davlat granti asosida qabul kvotasi ajratildi. Bugun harbiylarning 700 nafardan ziyod farzandlari oliy taʼlim muassasalarida shu imtiyozdan foydalanib oʻqimoqda. Yaratilayotgan bunday qoʻshimcha imkoniyat yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlikning yana bir yorqin namunasidir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?