Ikki hudud boshqarma boshliqlari “rokirovka” qilindi

09:32 07 Avgust 2019 Jamiyat
238 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi F-5488-son Farmoyishiga binoan bojxona xizmati polkovnigi Xojimatov Olimjon Xamidjonovich Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ozod etilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi F-5489-son Farmoyishiga binoan bojxona xizmati polkovnigi Fayzulloyev Xayrullo Narzulloyevich Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ozod etilib, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda DBQ xabar berdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?