Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan

14:50 11 Fevral 2019 Siyosat
1713 0

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi lavozimida ishlab kelgan Ixtiyor Abdullayev sogʻligi yomonlashgani tufayli oʻz arizasiga binoan lavozimidan ozod etilgan, deb yozmoqda OʻzA.

Maʼlum qilinishicha, keyingi bir yilda Abdullayev boʻyin va bel umurtqa pogʻonasida ikki marta ogʻir jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan.

Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan general-leytenant Azizov Abdusalam Abdumavlanovich Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi lavozimiga tayinlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?