Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida imtihon topshirgan oʻquvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!

12:39 27 Avgust 2019 Jamiyat
261 0

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 21-26-avgust kunlari atoqli adiblar nomi bilan ataluvchi ijod maktablarida (shuningdek, ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablari va maktab-internatlarida) Davlat test markazi tomonidan 2019-2020 oʻquv yili uchun saralash test sinovlari oʻtkazildi.

Test sinovlarida jami 30526 nafar, jumladan, 1160 nafar oʻquvchi ijod maktablarida, 16912 nafar oʻquvchi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablarida, 12454 nafar oʻquvchilar ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatlarida oʻz bilim va iqtidorini namoyish qilishdi.

Oʻtkazilgan test natijalari 2019-yil 30-avgust kuni Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy sayti (www.uzedu.uz)da eʼlon qilinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?