Ixtisoslashtirilgan maktab-internati qabul e’lon qildi

11:26 17 Iyul 2018 Jamiyat
1047 0
Illyustrativ foto

Mirzo Ulug‘bek nomidagi fizika, matematika va astronomiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 2018-2019 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish bo‘yicha e’lon qildi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya Instituti Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda Mirzo Ulug‘bek nomidagi fizika, matematika va astronomiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidan 2018-2019 o‘quv yili uchun tanlov e’lon qiladi.

Maktab-internatga o‘quvchilar tanlov asosida 7-sinfga qabul qilinadi.

Ta’lim o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar onlayn tarzda Astronomiya Institutining rasmiy web-saytida (www.astrin.uz) ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Shuningdek, talabgorlarning hujjatlari Toshkent bank kolleji binosida qabul qilinadi (manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Yunusov ko‘chasi).

Hujjatlar joriy yil 5 avgustgacha qabul qilinadi.

Tanlov joriy yilning 10 avgust kuni Toshkent bank kolleji binosida fizika, matematika va ingliz tili fanlaridan test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.

Qabul uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

- tug‘ilganlik haqida guvohnoma;

- 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;

- maktabda o‘qishi haqida ma’lumotnoma;

- fotosurat (3,5x4,5 sm).

Onlayn tarzda topshiriladigan barcha hujjatlarning skaner qilingan variantlari 300 dpi, rangli tasvir va fayl hajmi 1 Mb dan katta bo‘lmasligi lozim.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Astronomiya Institutining rasmiy web-saytida (www.astrin.uz) hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining quyidagi telefon raqamlari orqali olish mumkin: +998-90-318-06-54, +998-98-124-77-20

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, ushbu maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 sentyabrdagi “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?