IIV Yangibozor tumani ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fuqaroga tan jarohati yetkazildi degan xabar boʻyicha rasmiy munosabat bildirdi

10:24 20 Avgust 2019 Jamiyat
65 0

Joriy yilning 16-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Yangibozor tumani IIB xodimlari tomonidan jinoyat, aynan oʻgʻrilik jinoyatini sodir etishga aloqadorlikda gumon qilinayotgan fuqaro B.Sapayevga nisbatan tan jarohati yetkazilganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda, natijalari haqida qoʻshimcha xabar beriladi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot berdi.

Blogerlar va jurnalistlardan huquqni muhofaza qiluvchi organlarining rasmiy vakillaridan barcha tafsilotlar va holatlarni aniqlamay yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining axborot resurslarida rasmiy xabar eʼlon qilinmasdan turib, ichki ishlar organlari toʻgʻrisida ishonchli boʻlmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikni soʻraymiz, deyiladi xabar matnida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?