IIV vaziri Jamgʻarma mablagʻlari nimalarga sarflanayotganini aytdi

19:33 12 Fevral 2019 Jamiyat
898 0

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi ONLINE”.

“Xalq soʻzi ONLINE”. Rahim Sherqulov/Toshkent. Yodingizda boʻlsa, Prezident qarori bilan huquqbuzarliklarning oldini olishga oid bir qator yangi yondashuvlar ishlab chiqilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida jamoat xavfsizligini taʼminlashni ragʻbatlantirish jamgʻarmalari tuzilgandi.

Xoʻsh, ayni paytda jamgʻarma pullari nimalarga sarflanmoqda?

Poytaxtimizda huquqbuzarliklarning oldini olishda alohida oʻrnak koʻrsatgan profilaktika inspektorlari, mahalla raislari va faollarini ragʻbatlantirish maqsadida uyushtirilgan tantanali marosimda shu haqda soʻz yuritildi.

— Jinoyatlarni jilovlashda hamkorlik oʻta muhim, — deydi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov. — Ayniqsa, hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda, ularni fosh etishda profilaktika inspektorlari bilan mahalla faollarining hamjihatligi nihoyatda zarur. Ularni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish esa ustuvor maqsadlarimizdan biri. Shu maʼnoda, bugungi tadbirda ushbu yoʻnalishda alohida namuna koʻrsatgan bir guruh faollar ragʻbatlantirildi.

 

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi ONLINE”.

Tadbirda aytib oʻtilganidek, mukofotlar maxsus jamgʻarmaga kelib tushgan pul mablagʻlari hisobidan amalga oshirildi. Maʼlum boʻlishicha, bugungi kungacha Toshkent shahar IIBB jamoat xavfsizligini taʼminlashni ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga 1 milliard soʻmlikdan ortiq pul mablagʻlari kelib tushgan.

Aytish joizki, oʻtgan yili koʻchalar va jamoat joylariga, obyektlar hamda xonadonlarga 30 mingdan ortiq videokuzatuv moslamalari oʻrnatildi. Shuningdek, Toshkent shahar hokimligi tomonidan profilaktika xizmati xodimlarining 1 ming 48 nafari maxsus mobil telefon bilan taʼminlangan. Ular “qidiruv”, “shaxsni identifikatsiya qilish”, “profilaktik hisob”, “GPS-nazorat” kabi turli maʼlumotlar bazalariga onlayn ulab berildi.

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi ONLINE”.

 

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi ONLINE”.

 

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi ONLINE”.

 

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi ONLINE”.

 

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi ONLINE”.

 

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?