IIV ogohlantirаdi: ijaraga berilayotgan dala hovlilarga bormang!

14:13 21 Mart 2020 Jamiyat
210 0

Foto: www.google.com

Hurmatli fuqarolar!

Respublikamiz hududida koronavirus tarqalishining oldini olish, sanitariya-epidemiologik vaziyatning barqarorligini hamda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida, Toshkent viloyati va respublikamizning boshqa hududlarida xususiy tartibda ijaraga berilayotgan dala hovlilarga bormaslikni soʻraymiz.

Dala hovlilarning qisqa muddatlarga ijaraga berilishi, ularga turli hududlardan fuqarolarning tashrif buyurishi, aksariyat dala hovlilarda dezinfeksiya tadbirlari talab darajasida olib borilmasligi va sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilinmasligi kabi holatlar ushbu joylarda virusli infeksiyalar yuqishi va tarqalishining yuqori xavfini keltirib chiqaradi.

Karantin vaqtida eng xavfsiz joy oʻzingiz yashab turgan uyingiz ekanligini unutmang. Oʻzingiz, yaqinlaringiz va boshqa fuqarolarimizning sogʻligʻini asrash oʻz qoʻlingizda!

IIV Axborot xizmati


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?