IIV Chilonzor tumanida yuz bergan voqea boʻyicha maʼlumot berdi

16:17 01 Iyun 2020 Jamiyat
273 0

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Chilonzor tumanida militsiya xodimlari fuqaroni avtobusga olib chiqishga urinishayotgan videosi tarqaldi. Hodisaga nima sabab boʻlgani nomaʼlum” deb tarqalgan videolavha yuzasidan IIV Axborot xizmati maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yil 1-iyun ertalab soat taxminan 04.30 larda Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududidan oʻtuvchi Toshkent halqa yoʻli chekkasidagi “Toshkent” savdo majmuasi va “Doʻstlik” buyum bozorlari tashqarisida, viloyat soliq organlari tomonidan oʻrnatilgan tartibga zid ravishda noqonuniy savdo ishlari bilan shugʻullanayotgan fuqarolarni aniqlash va ularga nisbatan tegishli chora koʻrish ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda, bir qator fuqarolar tomonidan norozilik bildirilgan, shunda jamoat tartibini saqlash maqsadida hududga viloyat IIBB patrul-post xizmati xodimlari jalb qilingan.

"Hozirda mazkur hududda jamoat tartibi tiklanib, noqonuniy harakatlarga barham berilgan.

Holat yuzasidan tekshiruv ishlari amalga oshirilib, uning yakuni boʻyicha qoʻshimcha axborot berilishini maʼlum qilamiz" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?