IIBB seyfni oʻgʻirlab ketganlarga internet orqali murojaat qildi

11:06 09 Sentyabr 2019 Jamiyat
47 0

Illyustrativ foto

Unda, jumladan, shunday deyiladi:

“7-sentyabr kuni Shayxontohur tumanidagi “Charx Novza” mahallasida uch nafar shaxsi aniqlanmagan kimsalar toʻrt qavatli turar-joyning ikkinchi qavatidagi xonadondan ichida katta miqdorda pul boʻlgan seyfni oʻgʻirlab ketishdi. Ushbu jinoyatni fosh etish ustida tezkor-tergov guruhi ish olib bormoqda. Jinoyat qisqa muddatda fosh etilishi uchun Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan barcha imkoniyatlar ishga solinadi, uni sodir etganlar qoʻlga olinib, javobgarlikka tortiladilar.

Shu bilan birga mazkur jinoyatga aloqador shaxslarga eslatib qoʻymoqchimizki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasida, aybni boʻyniga olish jazoni yengillashtiruvchi holat deb topilgan. Ushbu jinoyatga aloqador shaxslarga koʻngildan pushaymon boʻlib, eng yaqin ichki ishlar boʻlimiga kelishlarini yoki 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilishlarini va jinoyatni fosh etilishida ishtirok etishlarini taklif qilamiz. Aks holda javobgarlikka tortilish vaqtida jazo yengillashtirilmaydi.

“Hurmatli fuqarolar! Yuqoridagi jinoyatga aloqador shaxslar boʻyicha maʼlumotga ega boʻlsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar organlariga yoki “102” raqamiga xabar berishingizni soʻraymiz. Tergov ishlariga koʻmaklashish ragʻbatlantiriladi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?