IIBB xodimi oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyib qidiruvdagi shaxsni ushladi

17:27 30 Oktyabr 2019 Jamiyat
220 0

Toshkent viloyatida 29 yoshli Feruz M. 25 yoshli Abubakir T.ga tegishli boʻlgan “Lasetti” rusumli avtomobilni olib qochdi. Ushbu fakt asosida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi (“Transport vositasini olib qochish”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Gumonlanuvchini qoʻlga olish boʻyicha choralar koʻrish tadbirlari boshlandi.

27-oktyabr kuni taxminan soat 06.15 da, davlat raqamlari olib qochilgan avtomobilniki bilan bir xil boʻlgan transport vositasi Chilonzor tumanidagi Bunyodkor koʻchasida YPX va PPX xodimlarining nazariga tushdi. Ammo haydovchi xodimlarning transport vositasini toʻxtatish haqidagi qonuniy talabini bajarmasdan, harakatni davom ettirdi.

Chilonzor tumani IIO FMB jamoat tartibini saqlash boʻlinmasi boshligʻi podpolkovnik Rixsiyev Toxir yengil mashinada navbatchilik olib borayotganda olib qochilgan avtomobilni koʻrib qoladi. Gʻarazgoʻy qochishga uringaniga qaramasdan, oʻz avtomobilida uni yoʻlni chetiga qisib toʻxtatgan Rixsiyev T. tomonidan qoʻlga olindi. Bu haqda IIBB xabar berdi.

Toshkent shahar IIBB rahbariyati fidokor xodimni taqdirlashga qaror qildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?