Kattaqo‘rg‘onlik ayolni tahqirlagan San’at Umarovga qanday ayblovlar qo'yilmoqda?

17:45 06 Iyul 2018 Jamiyat
1037 0
Illyustrativ foto

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida gumonlanuvchi ayolni tahqirlagan ichki ishlar organi xodimi kapitan San’at Umarov qamoqqa olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov ma’lum qildi.

“Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi va 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan San’at Umarov (1988 yilda Samarqand viloyatining Samarqand tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan) ga nisbatan Samarqand viloyat prokuraturasining “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi ko‘rib chiqildi va qanoatlantirildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2018 yil 6 iyuldagi ajrimiga muvofiq ayblanuvchi San’at Umarovga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi”, deyiladi manba xabarida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?