IIB xodimlari fargʻonalik oʻqituvchini qiynab, bir oyoqda turishga majburlagani rostmi?

21:55 02 Avgust 2020 Jamiyat
504 0

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan “Fargʻonalik oʻqituvchi: IIB xodimlari meni kaltaklab, bir oyoqda tik turishga majburlashdi” sarlavhali xabar yuzasidan Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar masʼullar tomonidan oʻrganilgan. Haqiqatdan ham joriy yilning 26-iyul kuni Furqat tumanidagi 34-son ixtisoslashgan umumtaʼlim maktabida kompyuter oʻgʻirlanishi bilan bogʻliq holat sodir etilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Xabarda keltirilganidek IIO xodimlari jismoniy tarbiya oʻqituvchisi Shuhrat Joʻrayevni qiynoqqa solganligi bilan bogʻliq holat yuzasidan Furqat tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Shuningdek viloyat IIB tomonidan xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda.Tekshiruvlar yakuniga koʻra, qoʻshimcha xabar beriladi, deyiladi ushbu izohda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?