IIB xodimlari dronlardan foydalanishni boshladi

15:37 12 Iyul 2018 Jamiyat
628 0
Illyustrativ foto

O‘zbekiston huquq tartibot organlari xodimlari dronlardan foydalanishni boshladi. Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari birinchi bo‘lib uchuvchisiz uchish qurilmalarni qo‘llashni yo‘lga qo‘yishdi.

Ushbu qurilmalar aholi ko‘p to‘planadigan ommaviy tadbirlarda huquqbuzarliklarni oldini olish va huquq tartibot organlari xodimlarining ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, dronlarning uchish tezligi 80 km./soat, uchish balandligi esa 1 km.gacha yetadi

Eslatib o‘tamiz, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi qoshidagi “Geoinnovatsion markaz” DUK Xitoyning pilotsiz boshqariladigan uchuvchi qurilmalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan BShark Holding Ltd kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda dronlar ishlab chiqarishni yo‘l qo‘ymoqchi ekanligi haqida xabar bergandik.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?