IIB xodimi dastlab qoida buzgan, soʻng avariya holatini yuzaga keltirgan video tarqaldi

16:05 31 Oktyabr 2019 Jamiyat
1407 0

YouTube tarmogʻiga IIB xodimining davlat raqami 01 067 VSC boʻlgan xizmat mashinasida oʻng tomondan quvib oʻtgan holda qoida buzgani, soʻng haydovchiga yoʻl bermay avariya holatini yuzaga keltirgani tasvirlangan video tarmoqqa joylandi.

Videoregistratordagi tasvir boʻyicha 2019-yil 27-sentyabrda, video muallifining aytishiga qaraganda 31-oktyabrda mazkur voqea sodir boʻlgan.

Videoregistrator oʻrnatilgan mashina egasi bir necha bor IIB xizmat mashinasidan oʻtib ketishga harakat qilgan boʻlishiga qaramay, IIB xodimi atayin tormoz bosgan holda, avariya holatini yuzaga keltirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?