“II Oʻzbek-Belarus yoshlar IT forumi”da qanday mavzular koʻtariladi?

11:58 20 Noyabr 2019 Jamiyat
367 0

2018-yilning 15-dekabr kun Belorussiya Respublika yoshlar ittifoqi (BRYOI) va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolangandi. Ushbu memorandumning asosiy maqsadi – Belarus va Oʻzbekiston yoshlari oʻrtasida oʻzaro aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirish.

2019-yilning 5-9-avgust kunlari esa Belorussiyaning Minsk shahrida “I Belarus-Oʻzbekiston IT forumi” boʻlib oʻtdi. Unda BRYOI va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi vakillari axborot-kommunikatsiya sohasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha yoʻl xaritasi imzoladilar.

Ikki mamlakatning yoshlar tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlikni davom ettirish va rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi Bosh vazirlari tomonidan 2018-yilning 2-noyabr kuni tasdiqlangan rejani amalga oshirish maqsadida 2019-yilning 18-23-noyabr kunlari Oʻzbekistonda “II Oʻzbek-Belarus yoshlar IT forumi”ni oʻtkazish rejalashtirildi.

Forum oltita sessiyani oʻz ichiga oladi, ular “Axborot texnologiyalari, mobil aloqa xizmatlari va robototexnika”, “Yoshlar siyosati: amalga oshirish va takomillashtirish mexanizmlari”, “Yoshlar tadbirkorligi. Talabalar guruhlarini tashkil etish xususiyatlari”, “Axborot texnologiyalari”, “Koʻngillilar harakati. Yoshlarning ijtimoiy loyihalari”, “Mintaqaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik. Yoshlar turizmi” mavzularida munozaralar olib boriladi. Forumda yurtimizning yetakchi biznesmenlari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishadi. Jumladan, My Taxi, Express24, Maxtrack va Workly asoschisi Akmal Payziyev, Cambridge oʻquv markazi tarmoqlarining asoschisi Jahongir Poʻlatov, Africa SMM agentligi direktori Akmal Raimov, “Digital Generation Uzbekistan” MCHJ direktori Azamat Jalolov, shuningdek, BRYOIning birinchi kotibi Dmitriy Sergeyevich Voronyuk, Belorussiya delegatsiyasi aʼzolari shular jumlasidandir.

Forum yoshlar oʻrtasida IT sohasida tajriba almashishda xalqaro maydon yaratish uchun imkoniyat boʻlib, ikki mamlakatning 100 dan ortiq yoshlarini oʻziga qamrab olishi koʻzda tutilgan.

Kecha, 19-noyabr kuni oʻz ishini boshlagan ushbu forumda Oʻzbekiston va Belarus yoshlar ittifoqi tashkilotlari rahbariyati vakillari, IT va innovatsiya sohasi ekspertlari ishtirok etishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?