II Global tadbirkorlik haftaligi boshlandi

18:19 12 Noyabr 2018 Jamiyat
482 0

Haftalik Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda yurtimizning muvaffaqiyatli tadbirkorlari bilan birga xorijlik ishbilarmonlar, biznes sohasi mutaxassislari ishtirok etmoqda.

II Global tadbirkorlik haftaligi oʻz ichiga startaplar, moliya, ayollar tadbirkorligi, turizm, blokcheyn, tibbiyot va dori sanoati, biznes-assotsiatsiya, liderlik, media va boshqa sohalarni qamrab olgan. 18 noyabrga qadar davom etuvchi mazkur haftalikda mashgʻulotlar, taqdimotlar, mahorat saboqlari, turli muhokamalar, onlayn muloqotlar, b2b formatdagi uchrashuvlar, vebinarlar, tele-muloqotlar boʻlib oʻtadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?