IELTS va CEFR sertifikatining test sinovlaridagi imtiyoziga oid Hukumat qarori imzolandi

17:57 13 May 2019 Jamiyat
766 0

Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali maʼlum qildi.

Qarorga muvofiq, 2019–2020 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish sinovlarida bir qator imtiyozlar belgilandi.

Xususan, test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz, ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, italyan, yapon tillari) birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan va Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikat yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

ingliz tili uchun – milliy sertifikat yoki IELTS 5,5, TOEFL IBT 72, Cambridge Assessment English FCE xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

yapon tili uchun – milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

nemis tili uchun – milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

fransuz tili uchun – milliy sertifikat yoki Diplôme dʼEtudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun – milliy sertifikat yoki xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?