“ICTWEEK Uzbekistan — 2019” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boshlandi

14:18 25 Sentyabr 2019 Jamiyat
227 0

ICTWEEK Uzbekistan haftaligining asosiy maqsadi IT sohasida erishilgan yutuqlar hamda amalga oshirilayotgan loyihalarni keng namoyish etish va muhokama qilishdan iborat.

Mazkur haftalik doirasida bir qator tadbirlar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Xususan, poytaxtimizda ICTEXPO 2019 Axborot texnologiyalarining yillik koʻrgazmasi, DIGITAL UZBEKISTAN — forumi, “MgovAward” konferensiyasi, “Innovatsion texnologiyalar va ShHTning innovatsion rivojlanishi” forumi, “Softline Cybersecurity Day” konferensiyasi, ACER matbuot anjumani: Oʻzbekiston bozori va IFAda namoyish etilgan yangi mahsulotlarning koʻrgazmasi tashkil etiladi.

Shu bilan bir qatorda, ICTEXPO 2019 koʻrgazmasini Fargʻona shahrida ham oʻtkazish rejalashtirilgan.

Haftalik ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bosh homiy — “Huawei Tech Investment Tashkent”, IT-park, “Oʻzbektelekom” AK mutasaddilari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Asosiy tadbirlar “Oʻzekspomarkaz” markaziy konferensiyalar zalida panel munozara shaklida oʻtkaziladigan DIGITAL UZBEKISTAN — forumi bilan boshlanadi. Ushbu tadbirga davlat boshqaruv organlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, xalqaro ekspertlar va tahlilchilar, yirik mahalliy va xorijiy IT-kompaniyalar vakillari taklif etilgan.

Shuningdek, haftalik ochilish marosimida oʻtkaziladigan tadbirlar haqida ham maʼlumotlar berildi.

(“Xalq soʻzi”).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?