Ichki kiyimlaridan noqonuniy maqsadda foydalanmoqchi bo‘lgan ayollar ushlandi

14:38 11 Iyul 2018 Jamiyat
1343 0
Foto: Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi

“G‘ishtko‘prik” chegara-bojxona posti xodimlari qo‘shni davlatdan piyoda kirib kelgan X.Yusupovaning ajabtovur yo‘l bilan qonunni buzmoqchi bo‘lganini aniqlashdi. Bu haqida DBQ matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, fuqaro yubkasining ichki qismidan xufyona tikilgan cho‘ntaklarga yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan 2 turdagi 80 konvalyutada “Amaril” nomli, 20 ta shisha idishlarda “DOSTINEX” nomli tabletkalar va 6 ta shprisga tortilgan tayyor xolda “CLEXANE” nomli (insulin) dori vositalarining yashirincha olib kirayotganini aniqlashdi.

Mazkur dori vositalarining umumiy qiymati salkam 9,5 mln. so‘mni tashkil qildi.

Uning ortidan R.Mamatova ismli ayol esa ichki kiyimlariga tikilgan xufyona cho‘ntaklarda 4,2 mln. so‘mlik xuddi shu dori vositalaridan yashirincha olib o‘tayotgan paytda to‘xtatib qolindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?