Ichki ishlar vaziri internet tarmoqlarini muntazam kuzatib borishini aytdi

14:09 15 Yanvar 2019 Jamiyat
1247 0

Arxiv foto

OʻzA muxbiri Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov bilan suhbatlashdi. Vazir ushbu suhbat chogʻida internet, xususan ijtimoiy tarmoqlarni muntazam kuzatib borishini maʼlum qildi.

Biz internet tarmoqlarini muntazam ravishda kuzatib borib, ichki ishlar xodimlariga nisbatan bildirilgan har bir fikrning asosliligini tekshirib, sinchkovlik bilan oʻrganamiz. Safimizni nopok xodimlardan tozalashga qaratilgan tadbirlar kelgusida ham qatʼiyatlilik bilan davom ettiriladi”, — deydi Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov.

Internet tarmoqlarida vazirlik, uning sohaviy xizmatlari hamda tarkibiy boʻlinmalarining veb-sayt, Facebook, Telegram sahifalarining ochilishi orqali fuqarolarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tezkorlik bilan maʼlumot olish imkoniyati yaratilgan.

86 ming 523 nafar fuqarolar ichki ishlar organlarining rahbarlari tomonidan shaxsan qabul qilingan. Tizim boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning 393 ming 493 murojaati koʻrib chiqildi. Jamoatchilik yordamida aholi bilan bevosita muloqotning yoʻlga qoʻyilishi, sektorlarga jalb qilingan xodimlar tomonidan fuqarolarning muammolarini ular murojaat qilishidan oldin aniqlab, bartaraf etish choralari koʻrilgani natijasida murojaatlar soni 127 mingtaga kamaygan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?