Ichki ishlar xodimi va xotiniga qo‘l ko‘targan haydovchi jazolandi

16:22 04 Iyun 2018 Jamiyat
1026 0

Shu yilning may oyida ijtimoiy tarmoqlarda “V Uzbekistane voditel izbil sotrudnika GAI i svoyu jenu” sarlavhali video tarqalgandi.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, videoda keltirilgan holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Qonliko‘l tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi inspektori, kichik serjant O.Begjanov 2017 yilning 22 may kuni soat 20:30 lar atrofida A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lida xizmat olib borayotgan vaqtida, qarama-qarshi yo‘ldan harakatlanib kelayotgan “Neksiya” rusumli davlat raqam belgisi 95 A 023 SA bo‘lgan avtomashinani to‘xtatib, haydovchisi A.Ye.Utemuratovdan tegishli hujjatlarini so‘raganida, haydovchi hech qanday hujjat ko‘rsata olmagan.

Shu sababli inspektor avtomashinani vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘ymoqchi bo‘lganida, haydovchi inspektorning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan qo‘pol munosabatda bo‘lib, xodimning xizmat kiyimidan ushlab, yo‘lning pastki qismiga itarib yuborgan.

Holat yuzasidan 2017 yilning 15 noyabr kuni Qonliko‘l tuman jinoyat ishlar bo‘yicha sudining hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Utemuratov Azamat Yernazar o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun aybdor deb topilib, unga nisbatan “360 (uch yuz oltmish) soat majburiy jamoatchilik ishi” jazosi tayinlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?